Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kastrolar davri tugadi. Kuba yangi davrga qadam qo‘ymoqda

Kastrolar davri tugadi. Kuba yangi davrga qadam qo‘ymoqda

Foto: «RT»

Kuba ulkan o‘zgarishlar ostonasida turibdi. Kubaning Kastrolardan keyingi rahbari nomi 19-aprel kuni ma’lum bo‘ladi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Ammo Raul Kastrodan keyin davlatni kim boshqarishi allaqachon ma’lum bo‘lgan. U Kubaning 2-raqamli kishisi, xalqaro maydonda mamlakat nomidan ish olib boruvchi 57 yoshli Migel Dias Kaneldir.

Kuba parlamenti 18-19-aprel kunlari yig‘ilish o‘tkazib mamlakatning yangi rahbarini saylaydi. Ushbu o‘zgarish Kubada 60 yil davom etgan Kastrolar hukmronligiga nuqta qo‘yadi.

«60 yilda ilk bor Kuba prezidenti Kastro familiyasida bo‘lmaydi. Hozircha kubaliklar qandaydir jadal o‘zgarishlar yuz berishiga ishonishmayapti va yangi siyosiy tizimni yo‘lga qo‘yish uchun bir necha oy kerakligini aytishmoqda. Shuningdek, ular hukumatga 1959-yilgi inqilobdan keyin tug‘ilgan avlodning kelishini ijobiy holat sifatida baholashmoqda», — deya tushuntiradi «Euronews» jurnalisti Hektor Estepa.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring