Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yil oxiriga qadar tezkor internet kirib bormagan maktab qolmaydi» — vazir o‘rinbosari

«Yil oxiriga qadar tezkor internet kirib bormagan maktab qolmaydi» — vazir o‘rinbosari

Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ma’lum qildi.

«2020 yilda optik tolali aloqa liniyalarini tortish ishlari 7155 ta (71 %) maktablarda amalga oshirilgan. Joriy yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 10 008 ta (100 foiz)ga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda internet tarmog‘iga ulangan maktablar «EDUCATION» tarifiga ulangan va maktab quvvatidan kelib chiqib, 10/40/100 Mbit/s tezlikda ishlaydi.

Bugungi kunda maktablarda ichki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalar bilan ta’minlangan maktablar soni 4000 mingdan oshdi. 2021 yil yakuniga qadar 7 mingga yaqin maktablarni ichki lokal tarmoq infatuzilmasi bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, kelgusida barcha maktablarni va ulardagi kompyuterlarni bog‘lovchi yagona “Elektron ta’lim” korporativ tarmog‘i yaratilishi ko‘zda tutilgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring