Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik kitobxon o‘quvchini hokimlik ham taqdirladi

Samarqandlik kitobxon o‘quvchini hokimlik ham taqdirladi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovi mamlakat bosqichida Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi 17-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Mohiniso Shomurodova birinchi o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobiliga sazovor bo‘lgan edi.

Mohiniso Toshkentdan kelishi bilan u ta’lim olayotgan maktabda katta tadbir uyushtirilib, tuman hokimligi, ta’lim muassasasi tomonidan unga sovg‘alar topshirildi. Ota-onasi, ustozlariga minnatdorlik bildirildi.

Kitobxon o‘quvchi Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan ham munosib taqdirlandi. O‘zA xabariga ko‘ra, viloyat hokimi o‘rinbosari A.Umarov M.Shomurodovaga viloyat hokimligining sovg‘asi – zamonaviy kompyuter jamlanmasi hamda boshqa tashkilotlarning tuhfalari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring