Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klopp: «Bu «Liverpul»ning oxirgi yillardagi eng yaxshi transferlaridan biri»

Klopp: «Bu «Liverpul»ning oxirgi yillardagi eng yaxshi transferlaridan biri»

Foto: «Footboom.com»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp kamerunlik himoyachi Joel Matipning jamoa tomonidan qo‘lga kiritilishini so‘nggi yillardagi eng yaxshi transferlardan biri, deb hisoblamoqda. Bu haqda «The Independent» yozdi.

«Qimmat transferlar dunyosida Matipga o‘xshagan futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish — aql bovar qilmas hodisa. Bu bizning so‘nggi yillardagi eng zo‘r transferlarimizdan biri bo‘lsa, ehtimol», — ta’kidladi Klopp.

Nemis mutaxassisi 28 yoshli kamerunlik futbolchining iqtidorini yuqori baholadi, u 18 yoshidan Bundesligada to‘p sura boshlagan — shunday kuchli chempionatda «Shalke 04» tarkibida asosiy himoyachiga aylana oldi.

«Liverpul» bosh murabbiyi garchi Matipga barqarorlik yetishmasada (gavdali o‘yinchilarga xos jihat), doim o‘sishda, rivojlanishda davom etganini qo‘shimcha qildi.

«Hozir Joelning eng yaxshi davri, u shunday davom etishini istab qolman», — dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, Joel Matip «Liverpul» tarkibiga «Shalke 04»dan 2016-yili kelib qo‘shilgan. Bu yilgi mavsumda Angliya Premer ligasidagi besh o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring