Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq kunlarda ko‘chada qolgan uysiz fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda

Sovuq kunlarda ko‘chada qolgan uysiz fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda

Foto: FVV

FVVning rasmiy veb-saytida «Vazirga savol» sahifasi ochilgan. Kecha, 26-yanvar kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Sh.Mirkomilov «Aniq yashash joyiga ega emas shaxs ko‘chada uxlayotgani va unga sovuq kunlar o‘tgunga qadar amaliy yordam ko‘rsatilishi zarurligi to‘g‘risida» ushbu sahifa orqali vazirga murojaat qilgan.

Vazirning topshirig‘iga ko‘ra, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qutqaruv guruhi tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Maxsus guruh aniq yashash joyi bo‘lmagan fuqaroga yordam ko‘rsatdi.
Foto: FVV

Manzilga yetib borgan qutqaruv guruhi tomonidan Mirobod tumanida ko‘chada uxlayotgan, aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaro A.Yusupovga (1952 yil tug‘ilgan) birinchi yordam ko‘rsatilib, Mirobod tumani IIB profilaktika inspektori bilan birgalikda yaqin tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi «Bunyodkor» metro bekati yaqinida uxlayotgan yana bir fuqaro A.Sandrunovga (1946 yilda tug‘ilgan) ham birinchi yordam ko‘rsatilib, tegishli choralar ko‘rish uchun Shayxontohur tumani 61-sonli shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimiga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring