Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kogonda supermarket sotuvga qo‘yildi

Kogonda supermarket sotuvga qo‘yildi

«NBU Bunyodkor Invest» MChJ tomonidan Buxoro viloyati, Kogon shaxar, 07-sonli A.Navoiy MFY, Buxoro shox ko‘chasi manzilida joylashgan «Sohibkor dehqon bozori» MChJ 2-tipdagi zamonaviy savdo majmuasi ko‘chmas mulk supermarket hamda yengil konstruksiyali ochiq rasta pavilonlari sifatida «Ko‘chmas mulk savdo xizmati» MChJ (kmsx.uz) orqali auksion savdosida sotilmoqda.

«Sohibkor dehqon bozori» MChJ zamonaviy savdo kompleksi bo‘lib, 2 qavatli supermarket savdo majmuasi barcha qulayliklarga ega. Shuningdek, mahalliy dehqonchilik mahsulotlari uchun mo‘jallangan ochiq rastalar yaratilgan.

Dehqon bozorining umumiy yer maydoni 2,05 gektarni, shundan qurilish osti maydoni 2928,6 kv.m.ni, foydali yer maydoni 3742,7 kv.m.ni tashkil qiladi.

Auksion savdolari xaftaning xar dushanba, chorshanba va juma kunlari o‘tkaziladi. Auksion g‘olibi bo‘lgan investorga 100% ulush uchun to‘lovlarni bir yo‘la to‘lash imkoni taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

71 233 85 41
71 236 23 18

ShOShILING, O‘Z BIZNESINGIZGA EGA BO‘LING!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring