Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘krak saratoniga qarshi vosita — qanchalik haqiqat?

Ko‘krak saratoniga qarshi vosita — qanchalik haqiqat?

Foto: «Mir 24»

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti olimlari 2002—2017-yillarda olib borgan uzoq muddatli tadqiqotlari davomida D vitaminining ko‘krak saratoni rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishdi, deya xabar bermoqda «Webinfo.kz». Tadqiqotlarda yoshi 55 dan oshgan 5 ming nafar sog‘lom ayollar qatnashgan.

Bu ayollar to‘rt yil davomida olimlar nazorati ostida bo‘lishdi. Belgilangan muddat oxirida saraton alomati bor-yo‘qligi bo‘yicha qattiq tekshiruvdan o‘tkazilgan ayollarning 77 nafarida ko‘krak saratoni holati aniqlandi. E’tiborga loyiq jihati, kasallik aniqlangan ayollarning organizmidagi D vitamini miqdori sinovdan o‘tgan boshqa sog‘lom ayollarnikidan 5 baravar kam chiqqan.

Olimlar shu tariqa organizmda D  vitamining tanqisligi zararli o‘simtalarning yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkinligini ehtimolda tutishmoqda. Qolaversa, kunlik D vitamini me’yorini 15-20 mkg.dan 100-150 mkg.gacha oshirish fursati yetgani ta’kidlangan. Eslatib o‘tamiz, D vitaminiga eng boy oziq-ovqatlar — baliq va sut mahsulotlari.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring