Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kondensat o‘g‘irlayotgan to‘rt kishi olov ichida qoldi

Kondensat o‘g‘irlayotgan to‘rt kishi olov ichida qoldi

To‘rt nafar fuqaro jiddiy jarohat olgan.

Foto: «Uznews.uz»

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida quvurni teshib, yashirin tarzda gaz kondensati o‘g‘irlayotganlar kutilmagan yong‘indan qochib qutula olishmadi. Bu haqda «Uznews.uz» xabar bermoqda.

Qorako‘l tumani «Qulbeshkak-Hojiqozg‘on» cho‘l massivida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida 4 nafar fuqaroning jiddiy jarohat olganligi to‘g‘risidagi xabar ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgandan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan zaruriy kuch va vositalar safarbar etiladi.

Aniqlanishicha, 2018-yilning 14-mart kuni, soat taxminan 02:00 da, Qorako‘l tuman «Do‘stlik» MFYda yashovchi fuqaro Xolmurodov Feruz Hasanovich, «Bandboshi» MFYda yashovchi fuqarolar Mardonov Murodjon Komiljonovich, Nurillayev Elyor Husenovich hamda Rahmonqulov Laziz Sharifboyevichlar Qorako‘l tuman «Uchqir» zavodiga qarashli «Qulbeshkak-Hojiqozg‘on» cho‘l massivining 7-kilometrida joylashgan 426 sm diametrli gazkollektor quvuridan yashirin tarzda gaz kondensati o‘g‘irlash uchun ushbu quvurni teshib, hosil qilingan teshik orqali o‘zlari bilan olib kelgan 65 metr uzunlikdagi rezina shlang yordamida quvurdan so‘rib chiqarilgan mahsulotni jamlash va tindirish uchun maxsus hovuz qazadilar.

Hovuzga jamlangan neft va gaz mahsulotlarini yelim idishlarga joylashtirish jarayonida to‘satdan yuzaga kelgan yong‘in ularning jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmay, jiddiy kuyishlariga sabab bo‘ladi.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda Elyor Nurillayev hamda Feruz Xolmurodovga tegishli bo‘lgan UAZ rusumli avtomashinalar to‘liq yongan va o‘zlarining harakatlarini o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmaganlar.

Mazkur holat yuzasidan Xolmurodov Feruz Hasanovich, Mardonov Murodjon Komiljonovich, Nurillayev Elyor Husenovich hamda Rahmonqulov Laziz Sharifboyevichlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring