Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konimexda xodimlariga ham «hayfsan» ham mukofot bergan «uddaburon» kollej direktori qo‘lga tushdi

Konimexda xodimlariga ham «hayfsan» ham mukofot bergan «uddaburon» kollej direktori qo‘lga tushdi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublika Bosh Prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Konimex tumani bo‘limi tomonidan moliyaviy firibgarlik aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.J. 2015 yilda Konimex tumani «Qaraqata» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan kollejga direktor etib tayinlanadi. Avgust oyida rahbarlikka kirishgan mansabdor shaxs bir oy o‘tar-o‘tmas qing‘irlikni boshlaydi. Hisobchi va boshqalar bilan til biriktirib, xodimlarning ishga kelmagan kunlari yuzasidan rasmiy hujjat hisoblangan tabelga to‘liq ish kuni sifatida ko‘rsatib, davlat mablag‘larini o‘zlashtiradi. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra «hayfsan» intizomiy jazosi olganlar mukofot pulidan mahrum qilinishi lozim. Biroq, direktor xodimlarni qonunga zid ravishda ham jazolab, ham mukofotlaydi. Kollejda 0,5 shtatda ishlagan ayrim xodimlarning ish joyini to‘liq ko‘rsatib, noto‘g‘ri to‘langan mablag‘larni jig‘ildoniga uradi.

A.Jovliyevning bu qilmishi hech bir mezonga to‘g‘ri kelmaydi. U bunday jinoiy harakatlarini 2017-yilning bahoriga qadar davom ettiradi. Aprel oyida kollejning moliyaviy ishlari tekshirilgach, barcha qing‘irliklar ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchilarning qilmishi sudda ko‘rib chiqilib, qonuniy jazo tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring