Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘pqavqatli uylarda liftdan foydalanish pulli bo‘ladi

Ko‘pqavqatli uylarda liftdan foydalanish pulli bo‘ladi

Foto: «metronews.ru»

Pekin janubidagi eski ko‘pqavatli uylarida yashovchilar nihoyat liftlar paydo bo‘lganidan xursand bo‘lishgandi. Biroq hech qancha vaqt o‘tmasidan yuqori qavatlarga bu «transport» turida ko‘tarilish ularga qanchaga tushishini bilib olishdi.

Demak, bir marta liftdan ko‘tarilish narxi 0,2 yuan (salkam 300 so‘m) etib belgilandi. Liftni yurgizish uchun maxsus elektron biletdan foydalaniladi. Uy egalariga liftdan foydalanish bir oyga o‘rtacha 100 yuanga (taxminan 130 ming so‘m) tushadi, deb yozadi «metronews.ru».

Keksa kishilar avvaliga bu yangilikdan xursand bo‘lishgandi, endi esa ular odatdagidek zinalardan ko‘tarilishni ma’qul ko‘rishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring