Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreya vaziriga faxriy professor unvoni berildi

Koreya vaziriga faxriy professor unvoni berildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekiston-Korea hamkorligi natijalari o‘laroq amalga oshirilgan ishlar qayd etib o‘tildi. Shuningdek, ta’kidlanishicha, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirishning bosh rejasi, shu jumladan, sohaning huquqiy asoslari, tibbiyot xodimlarining bilimlarini muntazam takomillashtirish, davlat-xususiy sektor hamkorligi hamda tibbiy turizm va tibbiy sug‘urta sohasida mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqiladi.

«Hamkorlik samarasi o‘laroq, ko‘plab yirik loyihalar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Misol uchun, Toshkent shahrida koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda Mustaqil davlatlar hamdustligida o‘xshash yo‘q to‘rtinchi avlod bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini bunyod etish jadal olib borilmoqda. Qiymati 130,58 million AQSh dollarini tashkil etgan markazda ishlaydigan xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ham qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda»,-deyiladi vazirlik xabarida. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koreya Respublikasining Milliy salomatlik sug‘urtasi xizmati o‘rtasida mamlakatimizda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida shartnoma ham imzolangan. Koreya Respublikasining ko‘plab tashkilotlari, jumladan, «KOICA», «KOFIH», «EDCF» jamg‘armalari bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash sohasida qiymati 190 million AQSh dollaridan ziyod qator sarmoyaviy va grant loyihalar amalga oshirilmoqda.

Muloqot davomida tibbiyot sohasini rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlik bundan buyon ham izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Uchrashuvdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi Markaziy apparati, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va davolash muassasalari rahbarlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov tomonidan Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring