Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada ishlash uchun testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar hujjatlarini taqdim etishlari so‘ralmoqda

Janubiy Koreyada ishlash uchun testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar hujjatlarini taqdim etishlari so‘ralmoqda

Foto: «Dia.uz»

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada ishlash maqsadida imtihon topshirib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolardan hujjatlarini taqdim qilishlarini so‘ramoqda, deb yozadi «Sof.uz» agentlik saytiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreyaning bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha shu yil 5-16-martdagi koreys tili test sinovlaridan va 29-apreldan 2-maygacha bo‘lib o‘tgan malaka(skill) testlarida qatnashib, muvaffaqiyatli o‘tgan hamda 4-21-may kunlari mehnat shartnomasiga muvofiq Koreyada ishlab kelganlar uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar Agentlik mintaqaviy byurolariga tegishli hujjatlarni taqdim qilishlari talab etiladi.

Hujjatlar 2018-yilning 11,12,13-iyun kunlari qabul qilinadi.

Nomzodlardan 2 dona sifatli rangli pasport nusxasi (pasportning amal qilish muddati 1 yildan kam bo‘lmasligi lozim (01.06.2019y.dan kam bo‘lmagan), 2 dona 3,5x4,5 o‘lchamdagi fotosurat, 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma hamda zaruriyat tug‘ilganda nomzod bilan bog‘lanish uchun qo‘shimcha imkoniyat sifatida unga yaqin bo‘lgan inson to‘g‘risida ma’lumot (ism sharifi va telefon raqami) talab qilinadi.

Hujjatlar to‘plamini yig‘ish va qabul qilish to‘lovsiz (bepul, tekinga) amalga oshirilishi ta’kidlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring