Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus Qozog‘istonga ham kirib keldi

Koronavirus Qozog‘istonga ham kirib keldi

Illyustrativ foto (twitter.com/ChuBailiang)

Qozog‘istonda ikki kishining koronavirus bilan og‘rigani ma’lum  bo‘ldi. Ularning ikkisi ham Germaniyadan qaytib kelgan fuqarolardir. Bu haqda «Tengrinews» xabar bermoqda.

«Biz uch oydan beri koronavirusning kirib kelishiga qarshi kurashyapmiz. Importning oldini olish uchun barcha zarur choralar ko‘rildi. Ammo bugun ikki fuqaromiz koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlandi. Ular Germaniyadan kelgan. Ayni paytda ular Olmaotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishmoqda. Bemorlar o‘zlarini yaxshi his qilyapti. Barcha zarur choralar ko‘rilmoqda», — deydi Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Eljan Birtanov.

Avvalroq Qozog‘iston maktablarida koronavirus tufayli muddatidan oldin ta’til e’lon qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring