Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqinimi? Yana kasallanganlar soni oshmoqda

Koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqinimi? Yana kasallanganlar soni oshmoqda

2020-yil 11-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2482 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq soat 10:00 holatiga ko‘ra kasallanganlar soni 2453 nafarga yetgan ma’lum qilingandi. O‘tgan bir necha soat ichida yana 29 kishida kasallik aniqlangan. Bugunning o‘zida shu vaqtga qadar 64 kishida infeksiya qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda 1982 kishi koronavirusdan to‘liq tuzalgan, 10 kishi vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring