Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan vafot etish bo‘yicha jahon rekordi yangilandi

Koronavirusdan vafot etish bo‘yicha jahon rekordi yangilandi

Foto: «Cnbc.com»

Bir kunda koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyo rekordi o‘rnatildi — 9763 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 pandemiyasi tezlashdi. Misol uchun, Gretsiyada qisman lokdaun joriy etilishiga qaramay, bir kecha-kunduzda koronavirusga chalinganlar soni maksimal darajaga yetgan — 2646. AQShda xuddi shunga o‘xshash ko‘rsatkich 100 mingdan oshib ketgan.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusni yuqtirganlar bilan aloqadan so‘ng karantinni qisqartirish xavfidan ogohlantirgandi. Ta’kidlanishicha, koronavirus tashuvchilari bilan aloqa qilganlar uchun karantin davomiyligini 14 kundan o‘n yoki yetti kunga qisqartirish infeksiyani yuqtirish xavfini oshiradi. JSST kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilarga 14 kunlik karantinni tavsiya etadi.

5-noyabr holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 48 million kishidan oshib ketdi, ulardan 1,2 million nafari olamdan o‘tdi, yana 32 million kishi tuzaldi. Kasallanishlar soni ko‘proq AQSh, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Fransiyada qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring