Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusni eng tez aniqlab beradigan test yaratildi

Koronavirusni eng tez aniqlab beradigan test yaratildi

Foto: «Iz.ru»

Germaniyaning «Bosch» kompaniyasi COVID-19ni 39 daqiqada tekshirib beradigan tizimni ishlab chiqdi. Bu haqda 25-sentyabr kuni kompaniya press-relizida xabar berilgan.

«Bosch» SARS-CoV-2 qo‘zg‘atuvchisini aniqlashda o‘zining «Vivalytic» analitik uskunasi uchun yangi ekspress-testni ishlab chiqdi. Shu tariqa, test natijasi 39 daqiqa ichida aniq bo‘ladi — hozirda dunyo bo‘yicha PZR asosida ishlaydigan bundan ham tezroq test mavjud emas», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu testdan tezkor natija olish talab etiladigan joylarda, xususan, aeroportlarda foydalanish mumkin. Mazkur test Yevropada tarqalishga ulgurdi.

Yangi test tizimi Germaniya Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi ko‘magida ishlab chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring