Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusni yengganini e’lon qilgan o‘lka

Koronavirusni yengganini e’lon qilgan o‘lka

Foto: «Travel-or-die.ru»

Islandiya koronavirus tarqalishini deyarli bartaraf etdi, mamlakatda kasallikka chalinganlarning 97 foizi tuzaldi, deya ma’lum qildi hukumat.

«Islandiyada COVID-19 aniqlangan 1799 bemordan 1750 nafari endi kasallikdan xoli. Afsuski, dard o‘nta insonning umriga zomin bo‘ldi», — deyiladi bayonotda.

«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, hozir mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 39 kishi qoldi, uch nafari shifoxonada, biroq ularning ahvoli jiddiy emas.

Dushanba kuni Islandiya hukumati, rejalashtirganidek, 16 martda joriy etilgan cheklov choralarini bekor qila boshladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring