Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid takliflar bildirish imkoni tug‘ildi

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid takliflar bildirish imkoni tug‘ildi

Foto: «Post.mk»

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ish olib borilmoqda.

Davlat dasturi loyihasi quyidagilarni nazarda tutuvchi oltita yo‘nalish bo‘yicha shakllantirilmoqda:

  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;
  • fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro hamkorlik.

Har bir fuqaro Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun @anticorruptionuz_bot Telegram-botiga yozishingiz mumkin.

Telegram botda korrupsiya holatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni taqdim etish yoki korrupsiya bilan to‘qnashilgan holatlar xususida o‘z fikrlarini bildirish imkoni mavjud.

Mazkur Davlat dasturini tayyorlashda korrupsiyaga shart-sharoit yaratuvchi muammolarni bevosita fuqarolardan o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring