Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Korzinka»dagi ushbu holat har birimizning boshimizdan o‘tgan bo‘lishi mumkin

«Korzinka»dagi ushbu holat har birimizning boshimizdan o‘tgan bo‘lishi mumkin

Foto: «Instagram»

Toshkent shahridagi Sergeli tumanida joylashgan «Korzinka» supermarketidan chiqib, aravachadan kamtarona xaridlarimni tushirib turgandim, yonimda kostyum-shim kiygan bir yigit (supermarket nazoratchisi shekilli) paydo bo‘ldi.

— Akajon, uzoqqa ketasizmi?

— Bekatga boraman.

— Nega yuklaringizni tushirib oldingiz, bekatgacha qiynalmaysizmi? Nariroqqacha oborsangiz ham bo‘lardi-ku.

Supermarketdan 10-20 qadamcha yurdim, bekat yaqin edi.

— Yo‘g‘-e. Naryog‘i ikki qadam-ku.

— To‘xtang, — u aravalarni yig‘ishtirib yurgan xizmatchini chaqirdi.

— Akamning yuklarini ko‘tarishib boring.

Xizmatchi bekatgacha ko‘tarishib keldi. Odam odamga shunday yaxshilik qilsa, qanday yaxshi-ya!

Elmurod Nishonov,
jurnalist

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring