Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun fotosi: Abdulla Aripov «Bavariya» libosi bilan

Kun fotosi: Abdulla Aripov «Bavariya» libosi bilan

Foto: «Daryo»

Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder o‘z Instagram sahifasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tushgan suratini e’lon qildi.

 

Suratda germaniyalik mansabdor Aripovga Myunxenning «Bavariya» futbol klubi libosini taqdim etayotgani tasvirlangan.

«O‘zbekiston bosh vaziri va «Bavariya» futbol klubi muxlisi Abdulla Aripov bilan uchrashuv. Bavariya va O‘zbekiston yaxshi aloqada. O‘zbekiston Germaniyaning ishonchli xalqaro hamkori hisoblanadi va Bundesverni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda yordam berdi», — deyiladi Zyoderning surat ostida qoldirgan izohida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring