Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuvaytda diabet va diareya «taqiqlanadi»...

Kuvaytda diabet va diareya «taqiqlanadi»...

Foto: «kloop.kg»

Saraton, diabet kabi kasalliklarga chalingan chet ellik ishchilar endi Kuvaytda doimiy yashash huquqini qo‘lga kirita olmaydilar. Bu haqda «Al Arabiya» xabar tarqatdi.

Oldindan yashab kelgan kishilarda bunday kasalliklar aniqlansa ular mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xorijliklar uchun «Kuvayt eshiklarini yopuvchi» 22ta kasallikdan iborat ro‘yxatni tuzdi. Shu kasalliklardan bittasi aniqlangan taqdirda ham bu mamlakatda doimiy yashashni istovchi, ammo fuqaroligi bo‘lmagan insonlarning imkoniyatlari yo‘qqa chiqadi. Ro‘yxatga saraton va diabetdan tashqari, buyrak yetishmovchiligi, ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolar, yuqori qon bosimi, diareya (yuqumli oshqozon-ichak kasalligi) ham kiritilgan.

Cheklovlarning sababi nimada? Gap shundaki, kuvaytliklar bir o‘q bilan ikki quyonni urishmoqchi: avvalo, sog‘liqni saqlash sohasiga xarajatlarni qisqartirish, qolaversa, mamlakatga chindan ham mehnatga yaroqli eng sog‘ emigrantlarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Bungacha mamlakat xalqaro qonunlar doirasida ish tutgan: OITS, gerpes, B va G gepatitlari, bezgak, tuberkulyoz, moxov va boshqa kasalliklarga chalingan shaxslarning Kuvaytga kirib-chiqishi taqiqlov ostida edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring