Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Liverpul» safarda «Portu»ni yengib, qatorasiga ikkinchi marta YeChL yarim finaliga chiqdi

«Liverpul» safarda «Portu»ni yengib, qatorasiga ikkinchi marta YeChL yarim finaliga chiqdi

Foto: «Google.com»

«Liverpul» klubi Yevropa Chempionlar ligasining javob o‘yinida safarda «Portu»ga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvda mersisaydliklar foydasiga 4:1 hisobi qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» o‘z maydonida kechgan dastlabki bahsda ham 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari qatorasiga ikkinchi yil Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Endi «Liverpul» finalga chiqish uchun «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

Chempionlar ligasi
Chorak final, javob bahsi
«Portu» – «Liverpul» – 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar: 0:1 – 26 Mane, 0:2 – 65 Salax, 1:2 – 68 Eder Militao, 1:3 – 77 Firmino, 1:4 – 84 van Deyk.
«Portu» – Kasilyas, Pepe, Eder Militao, Telles, Felipe, Korona (Fernando, 78), Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Soares, 46), Braimi (Brunu Koshta, 81), Errera.
«Liverpul» – Alisson, Matip, Robertson (Xenderson, 71), Aleksander-Arnold (Gomes, 66), van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh, Origi (Firmino, 46).
Ogohlantirishlar: Mane (32), Pepe (36).
Ilk o‘yin – 0:2

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring