Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lola Karimova-Tillayeva Karimov Fondi ta’lim grantlari g‘oliblarini e’lon qildi

Lola Karimova-Tillayeva Karimov Fondi ta’lim grantlari g‘oliblarini e’lon qildi

Foto: Karimov Fondi

Lola Karimova-Tillayeva xorijda tahsil olish imkonini beruvchi Karimov Fondi ta’lim grantlarining 2019 yilgi g‘oliblarini e’lon qildi.

Tanlov oktyabr oyida e’lon qilingan bo‘lib, unda O‘zbekiston oliygohlarining 300ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, Karimov Fondining 2019-yilgi ta’lim grantlariga ismlari quyida keltirilgan 10 nafar o‘zbekistonlik yoshlar muvaffaq bo‘ldilar:

  1. Ahmadaliyev Jamshid (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi);
  2. Gapporxonov Orifxon (Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti bitiruvchisi);
  3. Javgashev Erlan (Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi);
  4. Fayzulina Svetlana (Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti bitiruvchisi);
  5. Almatov Artur (Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti bitiruvchisi);
  6. Rajabov Jamshid (Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali bitiruvchisi);
  7. Xushvakov Jaloliddin (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi);
  8. Sheraliyev Sherdor (Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali bitiruvchisi);
  9. Shoikromov Shotemur (Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bitiruvchisi);
  10. Nuritdinov Timur (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi).

«Karimov Fondi nomidan 2019-yilgi grantlar tanlovi g‘oliblarini samimiy tabriklayman. Siz o‘tkazilgan test sinovlari va imtixonlarda juda yuqori natijalarni ko‘rsatib, o‘z bilim, iroda va mehnatingiz tufayli ushbu ta’lim grantlariga erishishga muvaffaq bo‘ldingiz. Yevropaning peshqadam oliygohlarida tahsil olishingizda sizga omadlar tilayman, egallagan bilimlaringiz bilan kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishingizga tilakdoshman», — deya ta’kidladi Karimov Fondi rahbari Lola Karimova-Tillayeva grant g‘oliblarini e’lon qilish bilan bog‘liq murojaatida.

Karimov Fondining avvalgi, 2017 va 2018-yillardagi grant dasturlari natijalariga ko‘ra hozirgi paytda o‘zbekistonlik 22 nafar yigit-qizlar Germaniya, Italiya, Rossiya va Polshaning peshqadam oliygohlarida tahsil olib kelmoqdalar. Ular orasida Frayburg universiteti, Anxalt universiteti, Rur universiteti, Turin politexnika universiteti, Moskva me’morchilik maktabi, Zigen universiteti, Poznan san’at universiteti va boshqa oliygohlar bor.

Karimov Fondi 2016-yilda mustaqil O‘zbekiston asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring