Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun litsenziya qay tartibda olinadi?

Loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun litsenziya qay tartibda olinadi?

Foto:«Geoiz.ru»

Savol: Qurilish ishlari bilan shug‘ullanadigan korxonamiz bor. Qurilishda loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun litsenziya olmoqchimiz. Bu qanday bo‘ladi? Kanaqa hujjatlar kerak?

Abdulloh Ro‘ziqulov

Navoiy shahar DXM bosh mutaxassisi Mohigul Muhammedova javob beradi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi «Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida»gi 381-sonli qaroriga asosan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, litsenziya olish uchun talab qilinadigan xujjatlar bir munchaga soddalashtirilgan.

Nizomga muvofiq, litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga litsenziya oluvchining o‘zi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma to‘ldiriladi hamda unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

• soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari;

• korxonaga ishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqlar nusxalari;

• zarur bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yig‘im undiriladi, xolos. 7 ish kunida litsenziya tayyor bo‘ladi. Kelib markazdan olib ketish imkoniyatingiz bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring