Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko o‘ziga nisbatan suiqasd rejalashtirilganini aytdi

Lukashenko o‘ziga nisbatan suiqasd rejalashtirilganini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zi va farzandlariga suiqasd qilishni rejalashtirgan bir guruh jinoyatchilar hibsga olingani haqida e’lon qildi. Bu haqda davlat rahbarining ONT telekanali efiridagi bayonotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. 

«Biz xorijiy maxsus xizmatlarning pinhona rejalashtirilgan ishini aniqladik, ehtimol bu Markaziy razvedka boshqarmasi, Federal qidiruv byurosining rejasi bo‘lishi mumkin», — degan Belarus rahbari.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, mahsus guruh Gomel viloyatida tayyorlangan.

U maxsus reja AQSh yuqori siyosiy rahbariyati tomonidan ma’qullangan deb hisoblaydi.

Rossiya FSB Jamoatchilik bilan aloqalar markazining xabar berishicha, Moskvada 9-may kuni Minskda harbiy to‘ntarish va Lukashenkaning hayotiga suiqasd qilishni rejalashtirgan belaruslik siyosatshunos Aleksandr Feduta va advokat Yuriy Zenkovich hibsga olingan.

Harbiy to‘ntarish rejasida xalqqa o‘z murojaatlarini tarqatish uchun radio va televideniye markazlarini qamalga olish, Minskdagi ichki hukumat va amaldagi hukumatga sodiq politsiya bo‘linmalarini to‘xtatish va Belarus elektr tizimining to‘liq to‘xtatilishi kiritilgani aytiladi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring