Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

M39 avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi

M39 avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi M39 «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 1395-1400 km va 1410-1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Loyihaning umumiy qiymati $40,711 mln etib belgilangan. U quyidagilardan iborat:

  • $35,188 mln miqdorida ITBning qarzi;
  • O‘zbekiston Respublikasining ulushi,  shu jumladan soliq bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida -  $5,523 mln. 

ITBning qarzini qaytarish, shu jumladan foizlarni to‘lash, vositachilik to‘lovlari va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring