Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi

Madagaskar prezidenti mamlakatdan qochib ketdi

Foto: AP Photo

Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina mamlakat bo‘ylab va poytaxt Antananarivuda davom etayotgan isyonlar fonida mamlakatni tark etdi. Bu haqda Jeune Afrique xabar berdi.

Jurnal manbasiga ko‘ra, Madagaskar armiyasi kadrlar boshqaruvi korpusi (CAPSAT) isyonchilarga qarata o‘t ochish buyrug‘iga bo‘ysunmagan va bosh harbiylarni ham shunga chaqirgan.

Suv va elektrning tinmay o‘chirilishi tufayli sentyabr oxirida Antananarivuda tartibsizliklar boshlangan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, isyonlar davomida kamida 22 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ziyod inson jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring