Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Mahalla raislari o‘rtasida she’rxonlik” ko‘rik - tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi

“Mahalla raislari o‘rtasida she’rxonlik” ko‘rik - tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda  Sirdaryo viloyatidagi jami 222 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Mahalla raislari o‘rtasida she’rxonlik” ko‘rik -tanlovi tashkil etildi.

Uch bosqichli tizimda o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda mahalla raislari o‘rtasida o‘tkazildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad:

Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, buyuk shoirlarning nodir merosini, ibratli xayoti va ijodiy faoliyatini xar tomonlama chuqur o‘rganish va mahalla ahlining milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirish, aholining she’riyatga, kitobxonlikka bo‘lgan madaniyatini keng ommalashtirish, fuqarolar yig‘ini raislarining ijodiy faoliyatini moddiy va ma’naviy rag‘batlanpirish maksadida tashkil etildi.

Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:

Mahalla aholisining barcha qatlamlarini mahalla raislari ishtirokida ’’She’riyatga oshno bo‘lgan aslo kam bo‘lmaydi” shiori ostida kitobxonlikga sher’xonlikka, she’riyatga da’vat etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda adabiy muhit shakllanishiga erishish nazarda tutilgan.

Tanlovning 1-bosqichi – 222 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida hamda tuman (shahar) bosqichi 19-27 iyul kunlari viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan tadbirlarda jami 550 nafar aholi hamda mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 2-avgust kuni “Nuroniylar maskanida” o‘tkazilgan tanlovning yakuniy (viloyat) bosqichida tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 11 ta fuqarolar yig‘inlari rasilari ishtirok etib, 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

Birinchi shart- “O‘zbek mumtoz adabiyoti bilimdoni”.

Bu shart ikki bosqichdan iborat bo‘lib birinchi bosqichda ishtirokchilar O‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari Yassaviy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Berdaq, Furqat, Nodirabegim, Uvaysiylarning xayoti va ijodi haqidagi savolga javob beradi.

Ikkinchi bosqichda ularning ijodidan namuna o‘qiydi.

Ikkinchi shart - “Ifodali o‘qish”.

Bunda ishtirokchi o‘zi istagan zamonaviy o‘zbek she’riyati yoki jahon she’riyati durdonalaridan (jumladan, o‘zining ijodidan namunalar bo‘lsa) o‘qiydi.

So‘ngi uchinchi shart - “Ijodim senga, mahallam”.

Bunda ishtirokchi o‘zi yashab, faoliyat olib borayotgan mahalla, undagi ma’naviy-ma’rifiy muxit haqida qisqacha sahna ko‘rinishi (jamoaviy) namoyish etadi.

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘oliblar uchinchi o‘rin nasib etdi.

1- o‘rin Sardoba tumani “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nomozov Suyunboy Norqo‘ziyevich:

2 –o‘rin Guliston shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ishanqulova Farida Qadirqulovna:

3- o‘rin Shirin shahar “A.Temur” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdurasulova mamlakat Meliyevna fahirli o‘rinlarni egallashdi.

Shuningdek tadbir yakuni bo‘yicha qolgan 8 nafar ishtirokchilar faol ishtirokchi nominatsiyalari.

Ushbu tadbirlarda jami 95 nafar mahalla faollari hamda aholi ishtirok etishdi.

Tadbirda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi boshqaruvi raisining Diniy ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.O‘dayeva chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring