Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makkada shahar tarixdagi eng kuchli suv toshqini ro‘y berdi

Makkada shahar tarixdagi eng kuchli suv toshqini ro‘y berdi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismida kuchli yomg‘irdan keyin kuchli suv toshqini sodir bo‘ldi.

Makka viloyatining Jidda shahrida olti soat ichida 179 mm yomg‘ir yog‘di. Shahardagi suv toshqini oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Makka viloyatining Jidda shahrida suv bosgan ko‘chalar tartibsizlikka sabab bo‘lgan. Qutqarish va tiqilib qolgan avtomobillarni evakuatsiya qilish uchun politsiya va mudofaa kuchlari jalb qilingan.

Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida parvozlar kechiktirilgan va bir qancha mahallalar elektr ta’minotisiz qolib ketgan. Rasmiylar viloyatning jabrlangan hududlaridagi maktab va universitetlarni yopdi. Makka viloyati hukumati aholini favqulodda vaziyatlardan tashqari uyda qolishga chaqirdi.

Jami yog‘ingarchilik miqdori 2009 yilda qayd etilgan darajadan oshib ketgan, 2009 yilda Jiddadagi toshqinlarda 120 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring