Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarga Xitoydan zamonaviy texnikalar olib kelindi

Maktablarga Xitoydan zamonaviy texnikalar olib kelindi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida «Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)» loyihasini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Mazkur kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida respublika miqyosida umumta’lim maktablarining informatika va chet tili xonalarini jihozlash uchun 1303 komplekt zamonaviy kompyuter texnikasi majmuasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu komplekt o‘qituvchi uchun kompyuter (printer bilan), o‘quvchilar uchun kompyuterlar, interaktiv doska, proyektor, konditsioner, stabilizator, kabel va tarmoq uskunalaridan iborat.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Bugun, 18-aprel kuni Sergeli tumanidagi 55-sonli maktabda mazkur loyiha doirasida zamonaviy kompyuter va AKT vositalari bilan jihozlangan dastlabki maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan ishtirok etdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

«Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)» loyihasi asosida yurtimizdagi umumta’lim maktablari umumiy qiymati 108.8 mln. yuan (17 mln. AQSh dollari) miqdorida 18 886 komplekt zamonaviy kompyuter, 1303 komplekt interaktiv doska va proyektorlar bilan jihozlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring