Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sdi

Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sdi

Foto: «Racurs»

2018-yilning yanvar — sentyabrida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvar — sentyabrida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2 foizga o‘sdi. YaIM deflyatori indeksi 2017-yilning yanvar — sentyabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni tashkil etdi.

Yanvar — sentyabrda YaIMning fizik hajmi va deflyatori indekslari dinamikasi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi
(o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, % da)

Foto: stat.uz

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7 433 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga yuqoridir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring