Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank samarqandlik milliarderning kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Markaziy bank samarqandlik milliarderning kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Xurshid To‘rayev.

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, «TAPP PAYMENT» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

Bankers.uz qaydiga ko‘ra, shu tarzda O‘zbekistonda 41-to‘lov tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «TAPP PAYMENT» MChJ samarqandlik milliarder, ko‘p tarmoqli biznes egasi Xurshid To‘rayevga tegishli (80%). Kompyuter dasturlashtirish sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyaning boshqa muassislari sifatida Muslima Fazilova hamda El’dar Mustafayev (har birida 10% dan) ko‘rsatilgan.

Xurshid To‘rayev ta’sischiligidagi yana bir shirkat — «SXF-TEChNOLOGY-INVEST» MChJ O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan «Tapp&Buy» marketpleysiga egalik qiladi. Yangi to‘lov tashkiloti ushbu marketpleysda to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan bo‘lishi mumkin.

Tapp Payment'ning to‘lov tashkiloti litsenziyasini olishi kelajakda uning raqamli bankka aylanishidagi qadamlardan biri sanaladi.

«Qozog‘istondagi Kaspi keysiga e’tibor qilgan bo‘lsangiz, IPO'da 25 mlrd. dollar sarmoya jalb qildi. Biz O‘zbekistondagi Kaspi bo‘lmoqchimiz... Biz Kaspi, Wechat'ga o‘xshagan ekotizim yaratmoqchimiz», degan kompaniya egasi Xurshid To‘rayev.

Joriy yilning 31 mart kuni YouTube'dagi Jahongir Latipov kanalida e’lon qilingan intervyuda Xurshid To‘rayev Tapp.uz loyihasi uchun o‘sha vaqtga qadar 1,5 mln. dollar sarflaganini, yil oxiriga qadar xususiy bank ochishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan.

Intervyuda X.To‘rayev o‘zining bizneslari to‘g‘risida gapirib bergan. Xususan, Samarqand shahridagi «Samarqand Siti» qurilish loyihasi, qurilish sohasidagi boshqa bizneslar, savdo majmualari hamda IT shirkati to‘g‘risida aytib bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring