Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari qurolli kuchlari rahbarlari anjumani bo‘lib o‘tmoqda

Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari qurolli kuchlari rahbarlari anjumani bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 21-fevral kuni Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshliqlarining anjumani boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Anjuman boshlanishidan oldin bosh shtab boshliqlari hamda SENTKOM qo‘mondoni boshchiligidagi mehmonlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shundan so‘ng, anjuman ochiq deya e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov tadbir ishtirokchilarini qutladi. Anjumanda Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, mintaqani yaxshi qo‘shnichilik zonasiga aylantirish, Afg‘onistodangi vaziyatga ijobiy yechim topish masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Afg‘oniston iqtisodiyoti o‘zini qayta tiklashida, mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda milliy kadrlarni tayyorlash masalalarida yordam berish ko‘zda tutilgan.

Anjuman yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bir qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring