Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Matematika sohasida tajriba almashish bo‘yicha Koreya jamiyati bilan kelishuv imzolandi

Matematika sohasida tajriba almashish bo‘yicha Koreya jamiyati bilan kelishuv imzolandi

Foto: «Inha.uz»

2018-yilning 30-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati (KSMCS) matematika sohasida tajriba almashish bo‘yicha kelishuvni imzolashdi.

Mazkur hujjat 2018-yilning 30-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida boshlangan Ikkinchi o‘quv-amaliy «Ajoyib matematika» festivali doirasida imzolandi.

Hujjatni IUT ning birinchi prorektori Cho Vu Sug va O‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati Prezidenti Kim Mun Su imzolashdi.

Kelishuv doirasida tomonlar talabalar va o‘qituvchilar orasida matematikani rivojlantirish borasida tashabbus va tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishib oldilar.

Shuningdek, o‘qituvchilar uchun matematika madaniyatini tatqiq etish Koreya jamiyati O‘zbekistondagi matematika o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha turli treninglarni o‘tkazishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring