Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Matiz» haydovchisi ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi

«Matiz» haydovchisi ikki ayolning umriga zomin bo‘ldi

Illyustrativ foto

Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumanida ikki ayol avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan. Voqea 21-iyul kuni Qoraqamish 2/3-dahasida sodir bo‘lgan.

Ma’lumot berilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi E.I. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinani Qoraqamish 2/3-dahasi oldida haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyodalar F.X. va R.L. ismli ayollarni urib yuborgan.

Oqibatda F.X. jarohat olib voqea joyida, R.L. kasalxonada vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring