Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson «Tashkent City» hududidan uy sotib oldi

Mayk Tayson «Tashkent City» hududidan uy sotib oldi

Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan Gardens Residence turar joy majmuasidan o‘ziga uy sotib oldi. Bu haqda bino developer kompaniyasiga asoslanib, «Xalq so‘zi» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutlaq vazn toifasining sobiq chempioni 2020 yil boshiga qadar qurib bitkazilishi kutilayotgan apartamentdan xarid qilgan. Mazkur uy premium klassdagi hashamatga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Toshkentda «Taysonga qo‘shni bo‘lishni istaysizmi?» yozuvi tushirilgan reklamalar paydo bo‘lgan edi. Kompaniya vakili bu shunchaki aytilgan gap emasligini bildirgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring