Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maynavozchilik davom etmoqda: navbatda Andijon!

Maynavozchilik davom etmoqda: navbatda Andijon!

Foto: «Xabar.uz»

Fermer o‘ziga o‘zi dushmanmi? Hosilning cho‘g‘i past bo‘lishiga ataylab qasd qiladimi? Shu bilan o‘ziga balo orttirishga ishqivozmi ular?

Shu va shu kabi savollarga  hech kim «ha» deb javob bermaydi, albatta. Shunday ekan, qasamyodga na hojat?

Shunaqa tadbirlar bilan dunyoga kulgu bo‘layotganimizni his qilyapmizmi? Xo‘p, Sirdaryoda-ku, shunday tadbir bo‘lib o‘tdi, niyat ming nekbin esa-da, unga yetmoq uchun ko‘rilayotgan dastlabki chora «qasam» ekan, bundan xayr kutib bo‘lmaydi baribir. Senatorlarimizdan biri topib gapirdi: «Qasam bilan hosilga baraka kirib qolmaydi»!

Hozirgina Andijondan xabar keldi: «qasamyod» tadbiri u yerda ham o‘tkazilayotgan ekan. «Qasamyod» matnini ko‘rib, na kulishni bilasiz, na kuyishni...  Mana, ko‘ring, o‘qing – xulosa o‘zingizga tan!

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring