Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehnat vazirining sobiq o‘rinbosari Rustam Shodiyev vafot etdi

Mehnat vazirining sobiq o‘rinbosari Rustam Shodiyev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, sobiq Mehnat vaziri o‘rinbosari, turizm sohasi mutaxassisi, professor Rustam Xamidovich Shodiyev vafot etdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi. 

Rustam Shodiyev 1938-yil 15-mayda ziyolilar oilasida tug‘ildi.

U o‘z mehnat faoliyatini 1960-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot institutida laborantlikdan boshladi va 26 yil davomida kichik ilmiy xodimdan to ilmiy ishlar buyicha direktor o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan pog‘onalarni bosib o‘tdi.

1967-yilda Moskva shahrida - nomzodlik, 1981-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1983-yilda professor unvonini oldi. 

1980-1984-yillarda  Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) «Suriya Arab Respublikasida mehnatni tashkil etish va samaradorligini oshirish» nomli loyihasiga rahbarlik qildi. Safardan qaytgach, Mehnat vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishladi. Bank-moliya akademiyasi ilmiy markaziga rahbarlik qildi.

U o‘zbek tilida ilk bor 2005-yilda va keyinchalik qayta chop etilgan «Jahon iqtisodiyoti» fani darsligining muallifidir. 120 dan ortiq maqolalari (ulardan 18 tasi xorijda) va 4 ta (bittasi ingliz tilida) yirik monografiyasi chop etilgan. 3 nafar fan doktori va 30 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodini tayyorlagan. 1988-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» unvoniga sazovor bo‘ldi, «O‘zbekiston  Miliy Ensiklopediyasiga kiritildi, Xalqaro biografik  markazining (Angliya)  «XX asrning 2000 nafar atoqli intellektuallari» kitobiga kiritilib, yorliq va medal bilan taqdirlandi.

Rustam Shodiyev O‘zFA Kibernetika isntitutida, keyinchalik uzoq yillar nafaqaga chikishiga kadar O‘zbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi ilmiy tekshirish institututida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring