Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksika fojiasi: qurbonlar soni 98 nafarga yetdi

Meksika fojiasi: qurbonlar soni 98 nafarga yetdi

Foto: «Reuters»

Meksikada yonilg‘i quvuri portlashi ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar bergandik. «Universal» bergan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, mazkur portlash qurbonlari soni 98 kishiga yetgan.

Qurbon bo‘lganlardan 15 nafarining shaxsi aniqlangan, ulardan 14 nafari oilalariga yetkazilgan.

Xabarga ko‘ra, 46 nafar inson, jumladan, ikki nafari AQShdagi kasalxonalarga yotqizilgan.

«Petróleos Mexicanos» («Pemex») davlat kompaniyasi ushbu ko‘ngilsiz voqea yonilg‘i quvurini ruxsatsiz kesish yoki yonilg‘i oqib ketishi oqibatida yuz berganini rasman tasdiqladi.

Portlash quvurdan oqib tushayotgan benzinni juda ko‘p odamlar idishlarga quyib olayotgan paytida yuz bergan. Shundan so‘ng kuchli yong‘in hosil bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring