Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB qoshidagi markaz agentlik tasarrufiga o‘tkazildi

MIB qoshidagi markaz agentlik tasarrufiga o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

 

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi va u mazkur Markazning ta’sischisi sifatida belgilandi. 

Belgilab qo‘yilishicha:

  • davlat mulki ob’yektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish bo‘yicha savdolar «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi; 
  • 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarini ijaraga berish bo‘yicha savdolar «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi; 
  • davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarini ijaraga berish uchun elektron savdolarga chiqarishda ular bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkasi ob’yektni balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish maqsadida ko‘rsatilgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ko‘rsatiladi; 
  • «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yilgan davlat ko‘chmas mulk ob’yektlari ular to‘liq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring