Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya xodimi qasddan o‘ldirilgani aytilmoqda

Milliy gvardiya xodimi qasddan o‘ldirilgani aytilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. o‘zlariga biriktirilgan hududda xizmatga jalb qilinadi.

Ular joriy yilning 20 dekabr kuni soat 05:15 larda Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Qumli GTK mobil» yo‘nalishining 34-42 kilometridagi yo‘nalishni qo‘riqlash uchun «Niva» rusumli xizmat avtomashinasida qo‘riqlanadigan hududga borishadi. Avtomashinadan tushib, yo‘nalish quvurining ta’qiqlangan qismidan «UAZ» rusumli avtomashina harakatlanib kelayotganini ko‘rishadi.

Haydovchi Qorako‘l tumani «Kuydim» mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.A. ga to‘xtash ishorasi bergan bo‘lsalarda, u xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmaydi. Harakatlanishni davom ettirib, H.A.ni avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuboradi va voqea joyidan qochib ketadi. Oqibatda og‘ir tan jarohati olgan safdor xodim H.A. voqea joyida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan A.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi «G» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring