Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiya Farg‘onada yo‘qolib qolgan 8 yashar bolani topib berdi

Milliy gvardiya Farg‘onada yo‘qolib qolgan 8 yashar bolani topib berdi

Foto: Milliy gvardiya

2019-yil 31-iyul kuni Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Z.O. ismli ayol Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash xizmati xodimlariga murojaat qilib, jiyani yo‘qolib qolganligini bildirgan va uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan safdor xodimlar Abror Vahobov va Ma’murjon Yo‘ldoshevlar ko‘chada qarovsiz holda yig‘lab yurgan 7-8 yoshlardagi bolakayni uchratib, zudlik bilan yaqinlarini topish maqsadida navbatchilik qismiga xabar berganlar.

Oradan bir oz vaqt o‘tib, yo‘qolib qolgan bola So‘x tumanida yashovchi 2011-yilda tug‘ilgan A.E. bo‘lib, xolasi Z.O.ning uyiga mehmonga kelgani, ko‘chaga o‘ynagani chiqib adashib qolganligi aniqlandi va bola o‘z yaqinlariga topshirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring