Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiyaga kim taom tayyorlaydi? Qozonning tepasida kim turadi?

Milliy gvardiyaga kim taom tayyorlaydi? Qozonning tepasida kim turadi?

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori (323-son, 17.04.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berib o‘tildi.

Nizomga muvofiq, autsorserlar xokimliklar tomonidan tanlab olinadi.

Autsorsing xizmati uchun hisob-kitob 15 foiz oldindan, 85 foiz haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob keyingi oyning 5-sanasigacha amalga oshiriladi.

Autsorser foydalanadigan oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro va milliy standartlarga javob berishi shart.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati tibbiy xodim tomonidan tekshirib boriladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish Milliy gvardiya bo‘linmalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Oshxona uchun berilgan moddiy-texnik vositalar autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring