Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy» telekanali «O‘zbegim ayoli» milliy taqdimot marosimini o‘tkazadi (video)

«Milliy» telekanali «O‘zbegim ayoli» milliy taqdimot marosimini o‘tkazadi (video)

Foto: «Milliy» telekanali axborot xizmati

Joriy yilning 5 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida «Milliy» telekanali tomonidan «O‘zbegim ayoli» Milliy mukofoti taqdimot marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda telekanal axborot xizmati xabar qildi.

«Ushbu taqdimot qahramonlari fuqarolar, sodda, kamtarin va mushtipar buvijonu-onaxonlar, opa-singillarimizdir. Ular ham boshqa millionlab ayollar singari zaminimizning turli hududlarida mehnat qilib, Vatanimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida ishtirok etmoqda. Faqat, ehtimol, boshqalarga nisbatan faolroq, fidoyiroq, sabr-bardoshliroqdirlar. Shuningdek, ona sifatida jamiyatga namuna ekanliklari shubhasiz»,-deyiladi xabarda. 

«O‘zbegim ayoli» dasturi davomida laureatlarga jamiyat rivojlanishiga qo‘shilgan hissa, erishilgan yutuqlar bilan bog‘liq qator nominatsiyalar doirasida mukofot va sertifikatlarni tantanli topshirish marosimi hamda estrada yulduzlari, taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Tadbir boshlanishidan avval soat 16.00 da teatr oldidagi maydonda «Sulola bend» guruhi tomonidan jonli ijroni hamda illyuzionistlar chiqishlarini o‘z ichiga olgan shou tashkil etiladi. 

Tantanali taqdimot dasturi 18.00 dan 21.00 gacha «Milliy» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri tashqarisida o‘rnatilgan katta ekranga uzatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring