Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergan yong‘in sababi e’lon qilindi

Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergan yong‘in sababi e’lon qilindi

Foto: «Uznews.uz»

Bugun tungi soat 02:09 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Biy» ko‘chasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, «Chopar» kafesi filialida ro‘y bergan yong‘in qo‘shni binoda joylashgan «Les Ailes» kafesiga ham o‘tgan.

Yuz bergan yong‘in oqibatida har ikki binoning tom qismi hamda «Chopar» kafesi filiali binosining ichki qismi shikastlangan. Qurbonlar yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, yuz began ko‘ngilsiz hodisaga elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring