Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi

Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.

Ayniqsa, davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma va fuqarolarning o‘zaro qatnoviga qulaylik yaratishga oid bitim mamlakatlarimiz munosabatlari, xalqlarimizning do‘stona aloqalariga zamin bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Avtomobil va temir yo‘llarning ochilgani, Ishbilarmonlar kengashi tuzilgani ham bu borada muhim o‘rin tutadi.

Oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga to‘talib o‘tildi. Qonun chiqaruvchi organlardagi do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, o‘zaro tashriflar va tajriba almashinuvni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring