Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobil operatorlarga internetsiz tariflarni ham joriy etish majburiy bo‘ladi

Mobil operatorlarga internetsiz tariflarni ham joriy etish majburiy bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlariga faqat ovozli qo‘ng‘iroq va SMS xizmatlarini o‘z ichiga olgan tariflarni taklif qilish majburiy bo‘lishi mumkin. Bu Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hukumat qarori loyihasida belgilangan.

Mazkur loyihaga ko‘ra, mazkur talab telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq litsenziya shartlariga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Ya’ni, operatorlar faqat internet trafigi bilan bog‘langan tariflardan tashqari, alohida oddiy paketlarni ham taqdim etishi shart bo‘ladi.

Tushuntirilishicha, hozirgi tariflarning aksariyati internetni o‘z ichiga oladi. Bu esa ayrim foydalanuvchilar uchun ortiqcha xarajatlarga sabab bo‘lib, tanlov imkoniyatlarini cheklamoqda.

Loyihada yana bir muhim talab sifatida tarif nomlariga oylik to‘lov miqdoriga mos raqamlarni kiritishni taqiqlash taklif etilgan.

Adliya vazirligiga ko‘ra, bu kabi nomlar abonentlarni chalg‘itishi mumkin. Chunki tarif nomi va uning real narxi o‘rtasida farq yuzaga kelishi holatlari kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring