Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobil qurilmalarning inson organizmiga zarari yo‘qligi isbotlandi

Mobil qurilmalarning inson organizmiga zarari yo‘qligi isbotlandi

Mobil qurilmalarning radiochastotalari zararlimi?

Foto: «4PDA»

Amerikalik olimlar mobil telefonlardan tarqaydigan nurning inson sog‘lig‘iga yetkazadigan zarari ustida tadqiqot o‘tkazdi. Ularning maqsadi mobil qurilmalarning radiochastotalari miya saratoniga olib keladi degan farazlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini isbotlashdan iborat bo‘ldi, deb xabar berdi «4PDA».

Mobil telefonlar rentgenga tushgandagi yoki yadroviy cho‘kindilarga qaraganda kamroq nur tarqatadi. Ionlashgan nurlar DNK nuqsonini yuzaga keltiradi, natijada esa odamda saraton paydo qilishi mumkin. Olimlar esa mobil telefonlar mutlaq boshqa usulda ishlashini isbotladi.

Tadqiqotchilar ikki yil davomida kalamushlar ustida har kuni 9 soatlab 2G va 3G tarmoqlari orqali sinov o‘tkazdi. Natijada ayrim erkak kalamushlarning yuragida o‘simta paydo bo‘lgan, urg‘ochilari mutlaq sog‘ qolgan. Ikkinchi tajriba davomida esa ikkala turdagi kalamushlarga ham zarar yetmagan. 

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, telefondan foydalanuvchilarning aksariyati o‘z vaqtini radiochastotali nurlanish ostidagi kalamushlardan ko‘ra kamroq o‘tkazadi.

Yakuniy xulosalarga ko‘ra, Amerika onkologiya hamjamiyatining bosh tibbiyot xodimi Otis Brauli mobil telefonlardan foydalanish va odamda saratonning rivojlanishi borasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud ekanligini isbotlovchi hech qanday dalil topilmaganini tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring