Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Morgda tirik topilgan go‘dak besh haftadan so‘ng vafot etdi

Morgda tirik topilgan go‘dak besh haftadan so‘ng vafot etdi

Foto: «Getty Images/iStockphoto»

Meksikaning Puebla shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloq morgning muzlatish kamerasidan tirik holda topildi. U yuz bergan hodisadan so‘ng besh hafta o‘tgach olamdan o‘tgan. Bu haqda «New York Post» nashri xabar berdi.

Lazarito Albino 21-oktyabr kuni homiladorlikning 23-haftasidan so‘ng dunyoga keldi (me’yoriy homiladorlik muddati o‘rtacha 17 hafta ko‘proq bo‘ladi). Shifokorlar uni o‘lik tug‘ildi deb o‘ylab, morgga olib borishgan va muzlatish kamerasiga joylashgan. Bolaning otasi o‘limi haqidagi guvohnomaga imzo chekkan.

Olti soatdan so‘ng dafn etish agentligi xodimlari bolani olib ketish uchun kelganlarida, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, bola qimirlab, yig‘lay boshlagan.

«Biz shu zahoti otasini chaqirdik. U ham go‘dakning yig‘layotganiga guvoh bo‘ldi», — dedi agentlik xodimi.

Bolakayni tezda intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazishdi. Biroq u 27-noyabr, juma kuni hayotdan ko‘z yumdi. 28-noyabr kuni uni dafn etishdi.

Bolaning ota-onasi, Santyago va Eliza Albino shifoxonani sovuqqonlikda ayblamoqda. Ular inson huquqlari bo‘yicha Milliy komissiyaga murojaat qilishgandi, tashkilot tergov harakatlarini boshlab yubordi.

«Lazarito tug‘ilganida nima sodir bo‘lganining tagiga yetmoqchimiz», — deydi ota-ona.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring