Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mavluda Asqarxo‘jayeva «O‘zmilliybank» matbuot xizmatida ish boshladi

Mavluda Asqarxo‘jayeva «O‘zmilliybank» matbuot xizmatida ish boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Madaniyat vazirligi matbuot kotibi lavozimida ishlagan Mavluda Asqarxo‘jayeva «O‘zmilliybank»da faoliyatini davom ettiradi.

Mavluda Asqarxo‘jayeva Madaniyat vazirligi matbuot xizmatida ishlagan davri mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram, Facebook, Instagram, Twitter) sahifalarni faol yuritib borishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda o‘tkazilgan xalqaro maqom san’ati anjumani, xalqaro baxshichilik san’ati festivali, xalqaro «Raqs sehri», «Boysun bahori», «Sharq taronalari», «99 xil baliq taom turlari» festivallari yuqori saviyada o‘tkazilishiga hissa qo‘shgan edi.

«O‘zmilliybank» rahbariyati tomonidan tashkilot faoliyati keng targ‘ib qilinishi rejalashtirilgan va Mavluda Asqarxo‘jayeva ushbu tizimda faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring